Diqqat savolda X - bir yoki ikki soʻzni almashtirib keladi. 2012 yilda taqdim etilgan bir komiksga koʻra, dunyoning eng mashhur tenorlaridan biri, opera xonandasi - Nikolay Baskov Moskvadagi tungi klublardan biriga boradi. Qizlarga gap otadi, ofitsiantdan ichimlik olib kelishni soʻraydi. Ichimlikni esa maxfiy topshiriqni bajarayotgan, ofitsiant kiyimidagi U olib keladi. Ushbu manba haqida yozar ekan twitter foydalanuvchisi, "Baskov hatto X da ham mavjud" deya izoh qoldirgan. U ning familiyasini yozib bering.