Diqqat savolda ULAR soʻzi bir nechta soʻzni almashtirib keladi. Buyuk depressiya davrida Nyu-York shahrida ham bir nechta guvervillar paydo boʻlgan. Aksariyat guvervillarda faqat erkaklar yashashi mumkin boʻlgan boʻlsa, "Tomas Peyn qarorgohi" nomlisida bu mezon yanada kuchaytirilib, faqat ULARning istiqomat qilishiga ruxsat etilgan. Shu sababdan, bu guvervillda tartib-intizom boshqa joylardan koʻra qattiqroq boʻlgan. ULARni belkurakdan juda koʻp foydalanganini bilamiz. Hampfri Bogart, Erwin Shryodinger, Skot F. Fitsjerald ham ULAR boʻlishgan. 2011 yil 5-may sanasida BBC.com saytida SHUNDAY U haqida xabar eʼlon qilindi. Savol: SHUNDAY oʻrnidagi soʻzni yozib bering.