zakovatklubi.uz

Diqqat, savolda U soʻzi bilan boshqa bir soʻzli ism almashtirilgan. 2021-yili yozda Leonel Messi moliyaviy muammolar sababli, Barselonani tark etishga majbur boʻladi. Jurnalist Estrada shu kunlarda Barselonada qanday vaziyat hukm surganini shunday aytadi: “Messi Barselonani moliyaviy muammolar sababli tark etishga majbur boʻldi, bunga Jerar Pike katta taʼsir koʻrsatdi. Messi oxirgi kuni shkafdan narsalarini olish uchun kiyinish xonasiga tushdi. U yerda doska bor. Messi doskaga ketishidan oldin katta harflar bilan U deb yozib qoldiradi. Bu Messining Pikega qarata yozgan soʻzi edi”. Savol: UNING bundan taxminan 2 ming ilgari yashab oʻtganini hisobga olgan holda, almashtirilgan bir soʻzni yozib bering.

Manba