Diqqat, savolda IKS bir soʻzni oʻrnida keladi. IKS soʻzi etimoligik lugʻatda arabcha, izohli lugʻatda forscha soʻz sifatida keltirilgan boʻlib, cholgʻuchi, sozanda, cholgʻu chalib ashula aytuvchi degan maʼnoni bildirishi taʼkidlangan. 1937-yili qatagʻon qurboni boʻlgan hofiz Olloberganov oʻziga IKS taxallusini olgan edi. Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida tugʻilgan insonning mashhur ijodida esa IKS bir-biridan bir harfga farq qiluvchi ikki holatga tushgani nagʻma qilinadi. Savol: Ushbu ikkita holatni yozib bering.