Diqqat, savolda ikki soʻz IKS bilan almashtirilgan. Sunʼiy IKS tarixi 1946 yilda kimyogar Bernard Vonnegutning kumush yodidning suvning kristallanishiga taʼsirini aniqlashi bilan bogʻliq. Islom dunyosida IKS uchun maxsus Istisqo deb nomlangan namoz ham mavjud. Afsonalarda esa IKS uchun maxsus predmet mavjud boʻlganligi va XIV [14] asrda bu predmet taraflardan biriga katta muvaffaqiyatsizlik olib kelganligi maʼlum. Savol: IKS ni emas, balki eslab oʻtilgan predmetni 2 soʻz bilan yozib bering.