Diqqat Savolda ikki oʻrinda bir soʻz almashtirilgan. Marhum shoir Shavkat Rahmonning sheʼrini tinglang. Umr — KASSETASI yarimlab qoldi, koʻnglim toʻlgani yoʻq bilganlarimdan. Yodimni ogʻritar kechirganlarim, koʻpdir qilmaganim qilganlarimdan. Kechalar tobora oydinlashadi. koʻzingda quyoshning chechagi soʻlmas, yashaging keladi, faqat umrni KASSETA singari toʻnkarib boʻlmas. DIQQAT SAVOL: Sheʼrda 2 marta qaysi soʻz oʻrniga KASSETA soʻzi almashtirilganini yozib bering.