zakovatklubi.uz

Diqqat savolda, BU ISHNI QILISH soʻzlari bir nechta soʻzni almashtirib keladi. 1970-80 yillarda Yaponiyada Kutisake-Onna ismli yosh bolalarni pichoq bilan oʻldiradigan yovuz ayol ruhi haqida afsonalar ommalashadi. Aytishlaricha, u xiyonatda gumon qilinib yuzi badbashara qilingan va eri tomonidan oʻldirilgan, endi esa qasosga shaylangan ayol ruhi ekan. U odatda, koʻchada bolalarni toʻxtatar, ulardan chiroylimanmi deb soʻrar, yoʻq degan javob olsa oʻldirar ekan. Agar ha degan javob olsa, u holda yuzidagi niqobni yechar va savolni takrorlar ekan. Salbiy javob olsa oʻldirar, ijobiy javob olsa BU ISHNI QILAR ekan. 1869 yilgi romanda esa BU ISH komprachikoslar tomonidan qilinadi. X haqidagi Wikipedia maqolasida Kutisake-Onna va yuqorida aytilgan romanga havola berilgan. Diqqat savol: X ni toponim qatnashgan ikki soʻzda yozib bering.

Manba