Diqqat, savolda bir soʻzdan ikki oʻrinda harflar tushirib qoldirilgan. Oʻzbek maqolini eshiting: Chigirtkadan qoʻrqqan ekin ekmas, aridan qoʻrqqan — mol yigʻmas. Koʻchmanchi qabilalarda bir urugʻga boshqa bir urugʻ tomonidan yetkazilgan zararni toʻlashga yoki haqoratlangan tomonning izzat-nafsini qondirishga majbur qilish maqsadida, garov tariqasida uning mollarini zoʻrlik bilan haydab ketish yoki mol-mulkini bosib olish odati ari deyilgan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.