Diqqat, savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Napoleon davrida astmasi bor erkaklar Fransiya armiyasiga olinmagan. Chunki, askarlar oʻqdori solingan qogʻoz qopchalarni hech qanday tigʻli moslamasiz mustaqil ochishlari kerak edi. Baʼzi erkaklar harbiy xizmatdan qochish uchun organlarining maʼlum qismini sindirishga ham urinishgan. Savol: Yuqorida harflari tushirib qoldirilgan bir soʻzni yozib bering.