Diqqat, savolda bir soʻzdan bir necha harf tushirib qoldirilgan. Erix Mariya Remark fikricha, U tabiatning sivilizatsiya illatiga qarshi isyoni hisoblanadi. Uvaysiyning chistonida U bir-birini koʻrmaydigan ikki mahbubdan biri deb taʼriflangan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.