Diqqat savolda bir soʻz uch soʻz oʻrnida ishlatilgan. Faylasuf Xurshid Yoʻldoshevning taʼkidlashicha, PLATSEBO- antik davrdan keyinchalik xristianlik va islom falsafasiga kirib kelgan. Barcha mistik tuygʻular ortida shu tushuncha yotadi. Bunda rishtalar individga emas, oʻzgaga qaratilgan boʻladi. Bu oʻzga xudo xam, inson ham, eʼtiqod ham boʻlishi mumkin. Bu atama soʻfizmda haqiqiy ishq deb ataladi. Savol: Almashtirilgan 3 soʻzni toping.