Diqqat, savolda bir soʻz boshqa bir soʻz bilan almashtirilgan. Qozogʻistonlik bloger Leyla Onlashning Xiva haqidagi maqolasida 1598 yilda Xiva xonligining poytaxti Urganchdan Xivaga koʻchirilgani, Xivaning rivojlanishiga 1603-1621 yillarda hukmdorlik qilgan Muhammadxonning hissasi katta ekanligi aytiladi. Fikrlarining izohi sifatida siz koʻrib turgan suratni keltirib oʻtadi. Savol muallifi ushbu suratdagi Xorazmni koʻrib, bloger bir xatoga yoʻl qoʻyganini sezadi. Savol: savol matnida almashgan soʻzni yozib bering.