Diqqat, savolda bir nechta oʻrinda bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Ayol Ular qatoriga asosan kambagʻal bevalar, urushga ketgan soldatlarning xotinlari, yoki yosh yetim qizlar olingan. Har 1000 pud, yaʼni 16 ming 360 kg ogʻirlik uchun 3 nafar erkak talab etilgan boʻlsa, xuddi shu ogʻirlik uchun 5 nafar ayol Ular kerak boʻlgan. Ayol Ular tasvirlangan eng mashhur fotosuratlardan biri 1910-yili Sura daryosi boʻyida olingan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni aslicha yozib bering.