zakovatklubi.uz

Diqqat, savolda almashtirishlar bor! Oʻzbek tilida IKS soʻzi teng qiymatli gap boʻlaklari yoki sodda gaplarni, shuningdek, toʻliqsiz gap qismlarini bogʻlash uchun xizmat qiladi, yuklama sifatida esa taʼkid, kuchaytirishni bildiradi. Oʻzbek tilidagi Wikipediyaga koʻra, ilgari kanal, jar, soy va yoʻllar ustidan suv oʻtkazish maqsadida quriladigan maxsus gidrotexnik inshoot IGREK deb nomlangan. Masalan, charxpalakda chiqarilgan suv IGREK orqali ekinzorlarga yuborilgan. Aytish mumkinki, 38 yil oʻtib, 2015-yilning 16-iyun kunidagi oʻzgartirishdan soʻng, IKS oʻrnini IGREK egalladi. Diqqat savol! IKS va IGREK bilan almashtirilgan qisqa soʻzlarni yozib bering.

Manba