Diqqat, savolda almashtirish bor. AQShda Yevropa astionimlaridan ilhomlanib nomlangan koʻplab shaharlar bor. Oʻtgan asr oʻrtalarida mashhur gangster Benjamin Sigelbaumga AQSHda Monegettining analogini yaratish gʻoyasi keladi. Garchand Monegetti, Sigelbaum tanlagan shahardan farqli oʻlaroq, dengiz boʻyida joylashgan boʻlsada, shahar joylashgan shtat qonunchiligi ushbu gʻoya gansterga omad keltirishi mumkinligini anglatardi. Diqqat savol: Sigelbaum tanlagan shahar nomini yozib bering.