Diqqat, savolda almashtirish bor. Abdulla Oripov sheʼridan parchani tinglang. Fazoga ilk bora qanot qoqqanni, Gagarin deb atamish xayolan inson. Oʻzini beayov oʻtda yoqqanni, Unutmay yuradi abadiy jahon. 1949-yil kashf etilgan, orbitasi Mars va Yupiter oraligʻidan boshlanib, Merkuriy va quyosh orasida tugovchi asteroid Gagarin deb nomlangan. Savol: biz yuqorida almashtirgan soʻzni asl holida yozib bering.