Diqqat, savolda ALFA va ULAR soʻzlari bilan boshqa soʻzlar almashtirilgan. Kofe maxsulotini reklama qiluvchi bir rolikda ALFAGA ishora qiluvchi allyuziyani koʻrish mumkin. Rolikda bir tajriba amalga oshiriladi. Unga koʻra, bir xonada oʻnlab (10 lab) kofemashinalar va bir nechta ULARni koʻrish mumkin. Rolik syujetiga koʻra ULAR ijobiy natijaga erisha olmaydilar, chunki mualliflar fikriga koʻra kofe tayyorlash bu – sanʼat. Diqqat savol! ALFANI uch yoki toʻrt soʻz bilan yozib bering.