zakovatklubi.uz

Diqqat! Savolda «alfa» va «betta» soʻzlari boshqa soʻzlar bilan almashtirilgan. Manbalarga koʻra, 1860-yillarda turkmanlar odam oʻgʻirlab, ularni Buxoro va Xiva bozorlarida sotar edilar. Turkmanlar asirlarni qul qilib sotishdan oldin ularga savol berar edilar: — "«Alfa»misan, «betta»misan?" Agar asirning javobi «alfa» boʻlsa, uni urib-soʻkib, «betta» ekanligini aytganlar. Oxir-oqibat bechora asirlar «betta» ekanligini tan olishgan. Diqqat! «Alfa» va «betta»ni topgan boʻlsangiz, turkmanlar nima sababdan bu ishni amalga oshirganligini maksimal aniqlikda yozib bering.

Manba