Diqqat! Savolda: Alfa va Betta soʻzlari boshqa ikki soʻzga almashtirilgan. Tarqatma materialda siz Alfani koʻrib turibsiz. Mashhur oʻzbek sharhlovchisi Xayrulla Hamidov oʻzining video-chiqishlaridan birida Turkiya va Suriyada sodir boʻlayotgan zilzilalar oqibatida koʻplab insonlar hayotdan koʻz yumayotganidan qaygʻuda boʻlsada, oʻz ishini bajarishga majburligini taʼkidlab, sharhlovchilarni Alfaning Bettasiga qiyoslaydi. “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida Bride Alfaning Bettasini shunday taʼriflagan: “Pozitsiya deyarli vertikal holga kelganda ham ‘Kuz’ hamon davom etardi”. Diqqat savol: Alfaning Bettasini yozib bering.