Diqqat, savolda Alfa soʻzi boshqa ikki soʻzni almashtirib keladi. Nutqimizda birinchi premyera, ilk debyut kabi chet tillardan kirib kelgan soʻzlar bilan bogʻliq koʻplab pleonazmlar uchrab turadi. Har yili maʼlum muddat davomida shunday pleonazmlardan biri hatto ommaviy axborot vositalarimizda ham tez-tez koʻzga tashlanadi. Ushbu pleonazm Alfa bilan birga bir soʻzning ortiqcha qoʻllanishi natijasida hosil boʻladi. Diqqat savol: VII asrga oid manbada Alfa nimadan ustun qoʻyilganini ikki qisqa soʻzda yozib bering.