Diqqat, savolda ALFA bir qisqa soʻzni almashtirib keladi. Madaniyat sohasi mutaxassisi Madaminova Umidaning taʼkidlashicha, hozirda deyarli barcha xonadonlarda ijro etiladigan ushbu qoʻshiqning yaratilishi, aslida, Boborahim Mashrabning oʻldirilishi bilan bogʻliq ekan. Dor ostiga olib kelingan Mashrab "Allohning jamolini koʻrish men uchun ALFA" - deya ushbu qoʻshiq matnini aytadi. ALFA qoʻshiq nomida ham bor. Qoʻshiq nomini yozib bering.