zakovatklubi.uz

Diqqat savolda 2 soʻz boshqa 2 soʻz bilan almashtirilgan. Agar Tayson boksi futbolda boʻlganida edi, oʻyindan oldin qurʼa tashlanar va biz ehtimol hujumda oʻynayotgan Noyerni, markaziy himoyada turgan Ronaldoni yoki yakka hujumchi sifatida Van Deykni koʻrishimiz mumkin boʻlardi. Lekin shunda ham faqat darvozabon qoʻlga toʻp bilan tegishi, penaltini faqat belgilangan oʻyinchi tepishi mumkinligi haqida qoidalar oʻzgarmasdan qolishi shubhasiz. Tayson Boksi boʻyicha ilk rasmiy jahon chempionati 2019-yilda oʻtkazildi va unda Amerikalik Wesley So gʻalaba qozondi. Diqqat savol almashtirilgan 2 soʻzni yozib bering.

Manba