zakovatklubi.uz

Diqqat, savolda 1 soʻz bilan boshqa 2 soʻz almashtirilgan. Amazonka changalzorlaridagi daraxtlarning faqat bitta turi oʻsadigan va boshqa daraxtlar umuman oʻsmaydigan hududlarni mahalliy aholi, Chulyachaki nomli yovuz oʻrmon ruhi yashaydi deb hisoblab, IBO deb atashadi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Shimoliy Afrikada Oʻrta Yer dengizi qirgʻoqlaridan Qattara chuqurligigacha choʻzilgan, nemis-italyan pozitsiyalarini himoya qiluvchi minalar va tikanli simlardan iborat mudofaa toʻsiqlari oʻrnatilgan hududni ham general-feldmarshal Rommel IBO deb nomlagan. Diqqat savol: Savolda almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.

Manba