Diqqat savol matnidagi “Shunday U” soʻzlari boshqa ikki soʻzni almashtirib keladi. Oʻz vaqtida futbolchilar Edgar Davids, Ruud Gullit, Pol Gaskoyn va Rivaldolar oʻz jamoalarida “Shunday U” sifatida faoliyat olib borishgan. Mahallalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” oʻyining sektor bosqichidan boshlab esa jamoalar tarkibida “Shunday U”ni ham koʻrish mumkin edi. Savol: Almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.