Diqqat savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan Suratda Jeyms Uebb teleskopi tomonidan suratga olingan “L 1527” protoyulduzi. Yulduz asosan vodorod va geliydan iborat molekulyar bulutlardan asta-sekin “yigʻilmoqda”. Bu yulduz atigi 100 ming yoshda. Yulduzning oʻzi markazda, uning atrofida chang va gaz bulutlari mavjud “L1527” bir necha million yillar davomida massa yigʻishni va siqilishmi davom ettiradi. Natijada harorat juda yuqori darajaga chiqib, termoyadroviy reaksiyalar boshlanganda yulduz yorqin porlashni boshlaydi. Shu sababdan “L 1527” olimlar tomonidan kosmik “U” nomini olgan. Windows operatsion tizimida sichqoncha koʻrsatkichi U shaklidaligi tizim bandligini bildiradi. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering