Diqqat, savol matnida bir necha joyda bir soʻzdan harflar tushurib qoldirilgan. Bundan ellik yillar oldin Gʻarbiy Afrikada pediatr boʻlib ishlagan Enn Mur afrikalik ayollarning oʻz farzandlariga qanday gʻamxoʻrlik qilishini koʻrgan. Keyinchalik vataniga qaytgach, afrikalik ayollardan oʻrnak olib, farzandini olib yurishga moʻljallangan ryukzak ixtiro qildi. Ryukzak U deb nomlandi. Uning nomining kelib chiqishi Jeyms Kukning aborigenlar bilan suhbatiga borib taqaladi. Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.