Diqqat, savol matnida almashtirilgan SOʻZLAR bor. Savol muallifiga U qatnashgan savollar yoqadi, shu sababli bu savolda ham UNDAN foydalanilgan. Internetdan yuklab olish mumkin boʻlgan UNDA “Hayvonot olami, Oziq-ovqatga oid, Davlat nomlari, Shahar nomlari va Yigitlar ismi” kabi yoʻnalishlarni uchratish mumkin. Wikipediyada aytilishicha, faqat UNGA asoslanib yaratilgan adabiy janr YUTUQ deb ataladi. Savol: UNI ikki SOʻZ bilan yozib bering.