Diqqat, savol matnida 3 ta soʻz BOʻSHLIQ soʻzi bilan almashtirilgan. “Tasnif” kompaniyasi tomonidan sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan ushbu video ostida obunachilardan biri “Nihoyat men Alisher Navoiy BOʻSHLIGʻINI koʻrdim” deya izoh qoldiradi. Vitruvian odam eslab oʻtilgan maqolada inson BOʻSHLIGʻIDA biroz farq boʻlishi va bu normal holatligi aytiladi. Savol: BOʻSHLIQ soʻzi bilan almashtirilgan 3 ta soʻzni yozib bering.