Diqqat, savol javobi uchun tarqatma material mavjud. 2022 yilgi jahon chempionati Germaniya terma jamoasi uchun shu qadar omadsiz boʻldiki, muxlis va mutaxassislar jamoaning muvaffaqiyatsizligini haqiqiy FALOKAT (urgʻu bilan oʻqiladi) sifatida qabul qilishdi. Mamlakatning “Dresdner Morgenpost” nashri bosh maqolasining sarlavhasida yunon tilidan kirib kelgan bir soʻz biroz oʻzgartirilgan holda berilgan. Diqqat savol: Ushbu soʻzni, yoki uning oʻzgartirilgan variantini yozib bering.