zakovatklubi.uz

Diqqat Blis. 1.Hozirda, asosan suvenirlar yasashda ishlatiladigan Xarta deb ataluvchi bu materialni, biz boshqa lotincha nom orqali yaxshi bilamiz. Qadimda, mazkur materialni ishlab chiqarishda, ishlatiladigan oʻsimlikdan - arqon, sholcha toʻqishda, kemalar yasashda foydalanilgan. Xartani ishlab chiqarish texnologiyasi, Pliniyning «Tabiiy tarix» asarida tasvirlangan. Diqqat savol: Xartani biz bilgan nomini javob varaqasiga yezib bering. || Oʻrta asrlarda, Yevropada bu materialni ishlab chiqarishda eshaklar qoʻllanilmagan. Bunga sabab, eshakning ahmoqlik ramzi ekanligidir balkim? Avvalboshi, Rimliklar uni lotincha Membrana deb atashgan. Diqqat savol: Siz javob varaqasiga ushbu materialning bizga yaxshi tanish nomini yezib bering. || 751 yili Talas yonidagi jangda, asir olingan Xitoylik hunarmandlar, Markaziy Osiyo hududiga bir materialning ishlab chiqarish texnologiyasini olib kirishgan. Bu material, 10 asr oxiriga borib, musulmon mamlakatlarida Xarta va Membrana oʻrnini egallagan. Diqqat savol: Material nomini ikki soʻzda aniq yezib bering.

Manba