Diqqat, turning 1-savoli. Jahon iqtisodiy forumining 40 yillik yubiley yigʻilishida Fransiya prezidenti Nikola Sarkozi kelishi bilan BUNU deya boshlagan va nutqi davomida Amerika dollariga BUNU deyish vaqti kelganini bildirgan. AGAR BUNING nima ekanini topgan boʻlsangiz, 2009-yilda BUNU bir necha bor ishlatgan shaxsning ismini javob kartangizga yozing.