Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Time jurnali shunday xulosaga keldiki, 2009-yilgi jahon inqirozining sababchisi 2003-yilda Kaliforniyada 10 yillik 250 ming dollarlik ipoteka krediti olgan mijozdir. Mijoz 3 yildan soʻng ish joyini yoʻqotadi va oʻzini bankrot deb eʼlon qilib, qarzni toʻlashga qodir emasligini bildiradi. Buning ortidan epidemiya shaklida yana bir necha kishi toʻlov qobiliyatiga ega emasligini ochiqlaydi. Jurnal oʻsha shaxsni “Grinvich” deb atagan. Grinvich bilan almashtirilgan 2 ta soʻzni javob kartasiga yozing.