Diplomat.uz nashri jurnalist va blogerlar tomonidan davlat idoralariga berilgan baholar asosida “Yil tanlovi”ni oʻtkazadi. Tashkilotchilar 2024-yilgi yil tanlovi tadbiriga taklifnoma bilan birga shirinlik, aniqrogʻi konfet ham joʻnatgan. Konfetni shartli ravishda IKS deb nomlashgan va bu bilan IKS haqidagi mashhur iboraga qoʻshilmasliklarini bildirishgan. Savol: qaysi marosim IKSning deyarli 71,5 foizini tashkil etadi?