Den Braunning “Ibtido” asarida professor Lengdon Ispaniyadagi muzeyga tashrif buyuradi va kirish eshigida professorga noodatiy quloqchin berishadi. Bu quloqchin quloqqa emas, balki jagʻ ostiga taqiladi va undagi tovushlar yuzdagi suyaklar orqali miyaga yuboriladi. Professor Lengdonning fikricha, doʻsti Edmond Kirsh ushbu ixtironing foydasini Bu inson bilan boʻlishishi kerak. Chunki, u xuddi shunday uslub orqali eshitishni ilk bora oʻylab topgan edi. 2016-yilgi tashxisga koʻra, Bu insonning bu holga kelishiga jigar, ichak va qon tomirlarining tizimli yalligʻlanishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Savol: Bu inson kimligini yozib bering.