Greklar kaptarning sayrashida "dekaokto" — "o‘n sakkiz" so‘zini eshitishadi. Shu munosabat bilan ular quyidagi afsonani to‘qishgan: Isoni qatl qilishga olib ketishayotganda, askarlardan biri unga rahmi kelib, bir kosa sut sotib olib bermoqchi bo‘libdi. Kampir sotuvchi uning uchun 18 tanga so‘rabdi. Askarda esa faqat 17 tanga bor ekan va u kampirni bir tanga tushib berishga ko‘ndirmoqchi bo‘libdi, lekin kampir ko‘nmabdi. Iso xochga mixlanganda, kampir jazo sifatida kaptarga aylantirilibdi. O‘shandan beri u uchib yurib, "o‘n sakkiz, o‘n sakkiz" deb qichqirarmish. Agar u o‘jarlik qilib "o‘n to‘qqiz" deb yuborsa, qiyomat qoyim bo‘larmish. Agar u "o‘n yetti" deb qichqirsa nima bo‘ladi?