Davom etamiz. 2011-yilgacha bir necha yil davomida savdosi bir necha barobar tushib borayotgan Coca Cola kompaniyasi Coca Cola yozuvi oʻrniga har bir mamlakatdagi eng mashhur ismlarni yozib chiqarishni boshlaydi. Bundan koʻzlangan asosiy 3 ta maqsad esa: 1. Odamlarga tabiiyki oʻzlarining ismlari yoqadi. 2. Bu usul orqali Coca Cola ixchamgina sovgʻaga aylanadi. Savol. uchinchi va eng asosiy maqsadni bir necha soʻzlarda yozib bering.
Odamlar oʻzlarining ismlari tushirilgan ichimliklarni oʻz ijtimoiy tarmoqlarida namoyish etishadi bu esa oʻz navbatida juda yaxshi reklama boʻlib xizmat qiladi.