Daryo.uz jurnalisti Aziz Yusupov bu asar haqida yozar ekan quyidagilarni eslaydi: “Bu kitobni toʻrt marotaba oʻqidim: ikki marta mutlaqo tushunmay, bir marta baʼzi bir narsalarni anglayotgan palla ichim siqilib, tashlab qoʻyganman. Va nihoyat, uch yil burun bu asarning nimasi bunchalik mashhur ekanligini bilish jazavasida oʻqishga qattiq kirishdim. Tugatganimdan soʻng ikki kun shu asar qahramonlarining holatida yurganimni eslayman. Bu roman hovlimizdagi eski oʻrik daraxtini, tomorqadagi beton yoʻlak boʻylab harakatlanayotgan YUZLAB CHUMOLILARni oʻzgacha hayrat bilan kuzatishimga majbur qilgan”. Savol: Gap qaysi asar haqida ketayotganini yozib bering.