zakovatklubi.uz

Daraxt ekishning ham oʻz sir-u sinoati bor. Masalan, mevasiz hamda mevali daraxtlarni ekish bir-biridan farq qiladi. Bilasiz, mamlakatimizda azaldan uziga xos terakchilik anʼanalari mavjud. Terak ekuvchilar daraxtlarni ekish vaqtiga ham alohida eʼtibor qaratishadi. Odatda boʻyiga oʻsadigan tol va terak kabi mevasiz daraxtlarni aynan shunday bir vaqtda ekishadi-ki, bunday vaqtlarda ekilgan daraxtlar uzun boʻlib, tepaga oʻsadi va koʻzlangan yogʻochni beradi. Diqqat savol, tajribali terakchilar (terak ekuvchilar/parvarishlovchilar) aynan qanday vaqtlarda teraklarni yerga «qadashlarini» aniq ayting?

Manba