Rasmdagi (crystalpalace.jpg) London shahrida 1851-yilda oʻtkazilgan Butunjahon koʻrgazmasining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri — Billur saroy tasvirlangan. Temir va shishadan qurilgan bu bino 20-asr meʼmorchiligidan darak berardi, shu bilan birga inglizlarga gotikani eslatardi. Qiziqarli tomoni shundaki, loyiha muallifi Jozef Pakston professional meʼmor boʻlmagan, lekin saroyni qurishda oʻzining kasbiy mahoratidan foydalangan. Uning mutaxassisligi nima edi?