Bu kasallik Coxiella burnetti rikketsiyasi tomonidan qoʻzgʻatiladi. Uni ilk bor 1935-yilda fermerlar va kushxona ishchilari orasida tavsiflagan avstraliyalik Edvard Derrik ushbu sirli kasallik oʻrtaga tashlagan koʻplab savollarga javob bera olmagan. Siz esa, aziz bilimdonlar, faqat bitta savolga javob bering — bu kasallik qanday ataladi?
Qu-isitmasi (Q-fever; Q — inglizcha question, query — "savol" soʻzlarining birinchi harfi).