[Boshlovchiga: «Kontra», «Konami», «Neo Kontra» deb oʻqilsin!] Yevropa firmasi tomonidan chiqarilgan muvaffaqiyatsiz oʻyinlardan soʻng, «Contra» turkumini ishlab chiqish bilan yana Yaponiyaning Konami kompaniyasi shugʻullana boshladi. Turkumdagi oʻyinlar voqealari odatda XXVII asrda boʻlib oʻtardi, biroq «Neo Contra» bir necha asr oldinga, Yer ulkan va dahshatli qamoqxonaga aylangan davrga koʻchirildi. Ushbu oʻyin voqealari sodir boʻlgan yilni aniq ayting.