“Kontakt” filmi qahramonlari Vega yulduzidan kelgan xabardagi koʻrsatmalarga muvofiq kosmik kema yasab, Vega atrofidagi sayyoraga borib-kelmoqchi boʻlishadi. Bu vaqtda personajlardan biri vegaliklarning niyatini bilmaganliklari sababli ushbu kosmik kemada sayohat qilish xavfli ekanligini aytadi va kemani X bilan solishtiradi. X deb nomlangan Vikipediya maqolasida “Istanbul arxeologiya muzeyi” nomini ham uchratish mumkin. X ni ikki soʻz bilan ayting.