[Boshlovchiga: "kam bek"ni soʻzlar orasida kichik pauza bilan, oxirgi "k" harfini aniq talaffuz qiling.] Ingliz tilini mukammal biladigan oʻyinchilar, ehtimol, mashhur kitobni asl nusxada oʻqishgandir. Ushbu kitobning bosh qahramoniga qaratilgan oxirgi jumla "come back" [kam bek], yaʼni "qayting" soʻzlari bilan tugaydi. Ushbu qahramonni ayting.