Chor Rossiyasi davrida Oʻrta Osiyoda oʻrmonlarni qoʻriqlash harbiylar qoʻlida boʻlgan va oʻrmon qorovulining uyi shunday soʻz bilan atalgan. Shuningdek temiryoʻl stansiyasi ham rus harbiylari tomonidan qoʻriqlangani uchun ham shunday deb atala boshlagan. Jizzax viloyati Forish tumanida, Samarqand viloyati Samarqand tumanida, Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida shunday nomli toponimlar ham bor. Yordam sifatida ushbu soʻz fransuzcha “piquet” soʻzidan kelib chiqqan. Savol: Ushbu soʻzni toping.