Chiston (fors. — topishmoq) — Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savol-javob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chiston nimaligini bilib olgan boʻlsangiz Uvaysiy ijodida uchraydigan chistonni tinglang: Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yoʻq nishon, Necha gulgunpoʻsh qizlar manzil aylabdur, makon? Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortigʻliq turarlar bagʻri qon! Diqqat savol: agar chistonning javobini yozgan boʻlsangiz bizga oʻsha nom bilan ataladiga hikoya yozgan ijodkor nomini yozib bering.