Jovid oilasining azobli va qiyin kunlarining birida Turon xonim uy burchagida jild shaklida yigʻilgan varaqlarni Mushkunoz xonimga koʻrsatib deydi: “Bir uyda shuncha X boʻlsa, u yerda xayr-baraka boʻlmaydi-da”. Mushkunoz xonim esa bunga eʼtiroz bildiradi va tokchadagi tugunlarni koʻrsatib javob beradi: “Nega unday deysan? Y ham hamisha bu uydadir”. X va Y bilan almashtirilgan soʻzlarni toping.