Savolni Tofiq Bahramov beradi. Rossiyada "Nostandart reklama tashuvchilar" nomli hazilomuz reklama plakatlari seriyasi chiqdi. Unda "Tik-Tak" drajye reklamasi budilnik siferblatiga, "Snikers"ning "Toʻxtab qolma!" yozuvli reklamasi tormoz dastasiga, "Viagra" reklamasi esa shlagbaumga joylashtirilgan. Ustiga "CANON POWER SHOT G2" deb yozilgan qutichada nima yotibdi?