[Boshlovchiga: "cache-cache"ni "kash-kash" deb oʻqing. Urgʻular — Kamol, Behzod, Sulton Muhammad, Buston, Saʼdiy, Xusrav, Shirin, Nizomiy.] Diqqat, Nikolay Gumilyov sheʼridan parcha: Qachonki charchasam, nihoyat, Gʻamgin oʻlim bilan cache-cache oʻynashdan, Yaratgan meni [ikki soʻz tushirib qoldirilgan] qilsin, Va osmon xuddi firuzadek, Va shahzoda arang koʻtargan Bodomqovoq koʻzlarini Qizlar belanchagining parvoziga... Tushirib qoldirilgan soʻzlar anglatadigan narsaning gullagan davri XV-XVII asrlarga toʻgʻri kelgan. Saʼdiyning "Buston"i va Nizomiyning "Xusrav va Shirin"i ustida ishlagan Kamoliddin Behzod va Sulton Muhammad BUNING klassiklari hisoblanadi. Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.