zakovatklubi.uz

Buxoro xoni 6-marta Makka-yu Madinaga hajga joʻnabdi. Safar chogʻida bir kechasi uning tushiga nuroniy bir chol kiribdi. Bu nuroniy chol xonga qarab: „Sen safardan qaytganingdan keyin oʻz vataningda shunday bir meʼmoriy obida qurginki, bu obida yurtingdagi boshqa obidalarga sira ham oʻxshamasin. Qurdiradigan meʼmoriy obidangda boqiy va foniy dunyo oʻz ifodasini topsin. Asrlar osha xalq undan bahramand boʻlib, seni yodga olsin“, — debdi. Diqqat savol: XVII asrda qurilgan qaysi inshoot haqida gap ketmoqda?

Manba