Butun dunyoda bugungi kunda “alfa”lar soni 400–420 mln atrofida ekan. “Alfa”lar asosan «“Alfa” davlatlari ligasi»ga aʼzo 22 ta mamlakatda istiqomat qilishadi. Diqqat! “alfa” soʻzi qaysi soʻz bilan almashtirilgan? || “Betta”ni baʼzi kishilar xayoliy hikoyalari va xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan afsonalari uchun “Yolgʻonning otasi” deb atashgan. U bu yerda hech qachon boʻlmagan boʻlsa-da, asarida xorazmliklarni 3 marta eslab oʻtgan. Diqqat! “Betta” soʻzi qaysi ism bilan almashtirilgan? || Agar siz 1-savoldagi “alfa” va 2-savoldagi “betta”ni topgan boʻlsangiz, “alfalarning bettasi” sifatida tanilgan odam kim ekanligini yozib bering.